Farrux Xamrayev – Ukam mani

Farrux Xamrayev – Ukam mani Lyrics Letra:
Bu xayot turlicha goxo baland past.
Bazan nayranglari qilib qo’yar mast.
Dushman deb yurganing xayoting asrar.
Gox do’st deb yurganing bo‘larkan nokas.

Kimlardir so‘zimga parvona bo‘ldi.
Yonimdan ketmayin giryona bo‘ldi.
Yana kim ortimdan g‘iybatlar qilib.
Yiqilgan chog‘imda quvondi kuldi.

Yo’llarim kutadi kimlar intizor.
Sog‘inib uyqusiz tunlari bedor.
Kimlardir yordamga muxtoj bo’lganda.
Qo‘limni bir siltab qilib ketti xor.

Yana kim yig‘lasam ko‘zga yosh oldi.
Dardimga tushundi, suyanchig‘ bo’ldi.
Kimlardir azoblar berib ataylab.
O’ksingan qalbimni ming bora tildi.

Ba’zilar yo’limga tiladi iqbol.
Quvvatlab qo‘lladi so‘rib turdi xol.
Yana kim sindirish payiga tushdi.
Bilmadim xayotim kelganmi malol.

Xullas kimga yaxshi kimlarga yomon.
O‘tayapti umrim o‘tmoqda zamon.
Boriga chidayman yo‘qga na iloj.
Sinovli dunyoda baxtliman xar on !!!
Letra lyrics lyric letras versuri musiek lirieke tekstet paroles

%d blogueiros gostam disto: